Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 031006

Informações:

Synopsis

Sumalak Sumalak Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan-sihatlik va ezgulik timsolidir. Sumalak haqida juda ko‘p afsonalar mavjud. Biroq ularning hammasida umumiy mazmun bor: Bolalarni ochlikdan qutqazish maqsadida chora izlagan ona ko‘katdan taom pishirishga intiladi. Unga farishtalar yordamga keladi. Tongda taomga ilohiy ta’m kiradi. Natijada bu taom bolalarni o‘limdan saqlab qoladi. Sumalak tayyorlashdan oldin yoshi ulug‘ kishilarning duolari olinadi. Ota-bobolarning ruhlarini shod etish uchun qur’on tilovat qilinadi. Sumalakni tayyorlash jarayoni ayollarning o‘ziga xos marosimiga aylanib ketadi. Sumalak ayollarning bir jamoa bo‘lib harakat qilishi natijasida tayyorlanadi. Ular sumalak tayyorlash, uni pishirish paytida bir-birlari bilan suhbat qilishadi, turli hikoyalar va latifalar aytishadi. Shuningdek, sumalak ishtirokchilari childirma (doira) chalib, raqsga tushishadi, qo‘shiq aytib o‘yin-kulgi qilishadi. Uy bekalari sumalak