Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 012706

Informações:

Synopsis

O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga rasman a’zo bo‘ldi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar rahbarlari Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida O‘zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi. Davlatlararo kengashning kengaytirilgan tartibdagi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Albatta, O‘zbekiston Hamjamiyat safiga qo‘shilganidan keyin tashkilotning mazmun-mohiyati sezilarli darajada o‘zgaradi. Demak, tashkilotning rejalarini, uning doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Prezidentlar bu xususda fikr almashar ekanlar, Hamjamiyatning faqat iqtisodiy tuzilma emas, xalqaro tashkilot sifatida ham nufuzi oshib borayotganini ta’kidladilar.Shu o‘rinda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati haqida. 1995 yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan Hamjamiyatning strategik maqsadlari a’zo davlatlar o‘rtasida integr