Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 010606

Informações:

Synopsis

Yurtdoshlarimiz haj ziyoratiga yo`l olishdi. Dunyo musulmonlarining qutlug` ayyomlaridan biri - Qurbon hayiti yaqinlashmoqda. Diyorimiz musulmonlari ham haj amallarini ado etish niyatida Saudiya Arabistoniga yo`l oldilar. Ushbu bayram kunlarida muqaddas Ka’bani tavof etib, payg`ambarimiz Muhammadning (s.a.v) qabrlarini ziyorat qiladilar.Vatanimiz istiqlolga erishgandan keyin xalqimiz haj amallarini ado etish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu yil ham minglab yurtdoshlarimiz musulmonlar uchun farz qilingan islom dinining beshinchi ruknini bajaradilar.Bir guruh hamyurtlarimiz 25 dekabr kuni "Toshkent" aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdilar. - Sobiq Sho`ro tuzumi davrida yashagan otam haj ziyoratiga borishdek niyatiga yetolmay, armon bilan ketdi,- deydi Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Abdulla Ibrohimov. - Vatanimiz mustaqilligi bois bu sharafli vazifa minglab yurtdoshlarimiz qatori menga ham nasib etdi. Haj amallarini ado etish chog`ida Yaratgan egamdan el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, obod